Rasman! Iskandar Shayqulov "So‘g‘diyona" bilan shartnomasini uzaytirdi
Tajribali yarim himoyachi Iskandar Shayqulov "So‘g‘diyona" jamoasi bilan 2023 yilning 1 dekabrigacha bo‘lgan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Iskandar Shaykulov joriy yilda 34 ta bahsda ishtirok etib, jami 2793 daqiqa maydonda harakat qildi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, "Superliga-2022" mavsumda u jami 24 uchrashuvda (1961 daqiqa) maydonda to‘p tepgan.
OFK kubogi doirasida Iskandar 6 o‘yinda maydonga tushib, 557 daqiqa harakat qildi. Futbolchi o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekiston kubogi doirasida yarim himoyachi 4 o‘yinda maydonga tushib bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, bitta assist amalga oshirdi hamda 275 daqiqa maydonda harakat qildi.
Futbolchi mavsum davomida 4 marotaba sariq kartochka bilan jazolangan.
Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.



Fikrlar