
Rasman: "Everton" - "Manchester Siti" bahsi qoldirildi
Angliya Premer-ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Everton" va "Manchester Siti" bahsi noma’lum muddatga qoldirildi.
"Shaharliklar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, klub futbolchilarining bir qanchasida koronavirus aniqlangan. Premer-liga va ikki klub mutasaddilari o‘yinni boshqa muddatga qoldirish bo‘yicha taklifga rozilik berishdi.
Koronavirus aniqlanganlar karantinga olindi. Klub bazasi to‘laqonli yopildi, mashg‘ulotlar keyingi test natijalariga qarab davom ettiriladi.
Fikrlar