
Rasman! Eriksen transferga qo‘yildi
"Inter" klubi bosh direktori Beppe Marotta daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen transferga qo‘yilganini ma’lum qildi.
“Ha, Eriksen transferga qo‘yilganini tasdiqlayman. Biz u bilan qishki transferlar davrida xayrlashamiz.
U qiynalyapti va bizning maqsadlarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli, uni hisobdan chiqaryapmiz. Futbolchining ketishi eng to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblayman”, - dedi Marotta.
Eriksen “Inter” safiga joriy yil boshida “Tottenxem”dan kelib qo‘shilgan edi. U 2020/21 yilgi mavsumda A Seriyada 8 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar