
Rasman! "Dinamo" ganalik hujumkor futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo" jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o‘z safini yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirmoqda.
Toshkentda o‘tgan yig‘in davomida "Dinamo" jamoasi safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan ganalik yarim himoyachi Frantsis Narx klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
O‘z vaqtida Gana yoshlar jamoasi safida to‘p surgan 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi o‘tgan yillar davomida Chexiya, Bolgariya, Turkiya, Belarus klublari, 2022 yilda esa Superligada "Bunyodkor" sharafini himoya qilib, 24 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilgan.
"Dinamo" klubi matbuot xizmati
Fikrlar