
RASMAN! Deyvison Figeyredo va Brendon Morenoning to‘rtinchi jangi sanasi e’lon qilindi
UFC'ning eng engil (-57 kg) vazn toifasida azaldan bir-biriga shiddatli bahslarni taqdim etib kelayotgan amaldagi chempion braziliyalik Deyvison Figeyredo (21-2-1) hamda vaqtinchalik chempion meksikalik Brendon Moreno (20-6-2) o‘rtasidagi to‘rtinchi jang kelasi yilning 21 yanvar sanasida Braziliyaning Rio-de-Janeiro shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 283 turniri kardidan o‘rin oldi. Bu haqda braziliyalik chempion o‘z Instagram sahifasi orqali rasmiy habarni e’lon qildi.
Hozircha UFC 283 turniri kardi shunday ko‘rinishga kelgan:
Deyvison Figeyredo - Brendon Moreno 4 (eng engil vaznda chempionlik jangi)
Bred Tavares - Gregori Rodrigez
Gabriel Bonfim - Munir Laziz
Joziani Nunes - Zara Fairn dos Santos
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin bo‘lib o‘tgan uchta jangda Figeyredo va Moreno o‘zaro simmetrik natija qayd etishmoqda. Ya’ni bitta g‘alabadan ikkala jangchida mavjud bo‘lsa, ular o‘rtasidagi yana bitta jang durang bilan yakunlangan.
Fikrlar