
Rasman! Chemberlen Turkiya klubiga ko‘chib o‘tdi
Aleks Oksleyd-Chemberlen rasman "Beshiktosh" safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Turkiya klubi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Yarim himoyachi erkin agent sifatida "Beshiktosh" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Chemberlen 5 mavsum oxirida "Liverpul" bilan xayrlashgandi. U mersisaydliklar tarkibiga 2017 yili "Arsenal"dan o‘tgandi.
Fikrlar