Rasman! "Chelsi" futbolchisi La Liga klubiga o‘tdi

  • 8 sentabr, 2020, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Robert Kenedi yangi mavsumni "Granada" safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, ispan klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchini 2021 yilning yozigacha ijaraga olgan.

Kenedi 2015 yildan buyon "Chelsi" futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan 5 yil davomida "Uotford", "Nyukasl", "Xetafe" kabi jamoalarga ijaraga berib yuborilgan va “aristokratlar” safida bor yo‘g‘i 27 ta o‘yinda maydonga tushgan hamda o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!