
Rasman: Besh futbolchi ketdi
Angliya Premer-ligasini oltinchi o‘rinda yakunlagan “Aston Villa” klubi rasmiy sayti orqali jamoani besh nafar futbolchi tark etganini e’lon qildi.
Klubga tegishli bo‘lgan darvozabon Robin Ulsen va himoyachi Kortni Xaus shartnomasining amal qilish muddati tugagani tufayli “villaliklar” safini tark etdi. Shvetsiyalik golkiper Premer-liganing to‘rtta uchrashuvida qatnashgan edi. Angliyalik himoyachi esa, chempionatda birorta o‘yin o‘tkazmadi.
Shuningdek, “Aston Villa” fevralda ijaraga olingan Markus Reshford, Marko Asensio va Aksel Disasini ham o‘z klublariga qo‘yib yuborishni ma’qul topdi.
29 yoshli Asensio PSJdan olingan bo‘lib, Angliya klubida barcha turnirlarda 21 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi.
“Manchester Yunayted”ga sig‘may qolgan 27 yoshli Reshford “Aston Villa” uchun 17 ta bellashuvda to‘qqizta gol urib berdi. “Chelsi”dan kelgan Disasi o‘nta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar