Rasman! "Bavariya" asosiy hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 4 mart, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning «Bavariya» klubi matbuot xizmati jamoa rasmiy saytida kamerunlik hujumchi Erik-Maksim Shupo-Moting bilan shartnoma uzaytirilgani haqida xabar berdi.

Tecno

33 yoshli futbolchi va nemis grandi o‘rtasidagi yangi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Shupo-Moting "Bavariya"da 2020 yildan beri to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida myunxenliklar safida barcha musobaqalarda jami 82 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bungacha “Gamburg”, “Nyurnberg”, “Maynts”, “Shalke”, “Stok Siti” va PSJ klublarida o‘ynagan. U Kamerun terma jamoasi safida 73 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!