
Rasman! "Atletiko" Felishni ommaga tanishtirdi
Xabaringiz bor “Atletiko” Madrid 126 mln evro evaziga “Benfika” vingeri Joau Felishni sotib olgan edi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha “matraschilar” bugun 19 yoshli portugaliyalik futbolchini rasman ommaga tanishtirishdi.
Eslatib o‘tamiz, Felish tarixdagi eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylandi. U endi “Atletiko”da 7-raqamda to‘p suradi.
Fikrlar