
Rasman! "Atletiko" Dembeleni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Lion" forvardi Mussa Dembele "Atletiko"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, "matraschilar" 24 yoshli frantsiyalik futbolchini 1,5 million evro evaziga joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Shuningdek, “Atletiko” ijara muddati yakunlangach, Dembeleni 33,5 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ham ega. “Lion” esa uning keyingi transferidan 10 foiz ulushga ega bo‘ladi.
Mussa Dembele joriy mavsum “Lion” safida 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar