
Rasman! Antoni Marsyal La Liga grandi safiga ko‘chib o‘tdi (FOTO)
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal mavsumni "Sevilya"da davom ettiradigan bo‘ldi.
La Liga grandi 26 yoshli frantsiyalik futbolchini 5 million evro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Bundan tashqari, andalusiyaliklar ushbu davr mobaynida Marsyalning maoshini to‘liq to‘lab beradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Marsyal "Manchester Yunayted" safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan ushbu davr mobaynida jami 269 ta o‘yinda maydonga tushdi va 79 ta gol hamda 50 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U bungacha "Lion" va "Monako" klublarida o‘ynagan. Frantsiya terma jamoasi safida esa 30 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar