Rasman! Andrey Kanchelskis "Navbahor"dan iste’foga chiqarildi

  • 1 noyabr, 2020, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" bosh murabbiyi, rossiyalik mutaxassis Andrey Antanasovich Kanchelskis klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Kanchelskis “Navbahor”da 2018-2020 yillarda (tanaffus bilan) faoliyat yuritdi. Kanchelskis murabbiyligida “lochinlar” Superligada jami 40ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta g‘alaba, 18 ta durang va 10 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 40 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 35 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Jamoa jami 54 ochko to‘pladi.

Andrey Kanchelskis 2018 yilgi mavsum yakunlanishiga 7 ta tur qolganida, “Navbahor” boshqaruvini Ilhom Mo‘minjonovdan qabul qilib olib, o‘sha mavsumdagi 7 ta o‘yinda 3 ta yutuq, 1 ta durang va 3 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, jamoaning turnir jadvalidagi 3-pog‘onasini saqlab qolgandi.

2019 yili esa ,namanganliklar 9-o‘rinni egalladi. Andrey Kanchelskis Moskvaga jo‘nab ketganida, “Navbahor” 18 ta turdan so‘ng, turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!