Rasman! Andres Inesta futbolchilik faoliyatini yakunladi

  • 7 oktabr, 2024, 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta professional futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida rasman e’lon qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

39 yoshli yarim himoyachi 1996 yildan 2018 yilgacha "Barselona" safida to‘p surgan. Bu davrda u kattalar jamoasi tarkibida barcha turnirlarda jami 674 ta uchrashuvda qatnashib, 57 ta gol urgan va 136 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Andres shuningdek, yaponiyalik "Vissel Kobe" klubi safida ham to‘p surgan. Andres u erda jami 134 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Inestaning so‘nggi ish joyi BAAning “Emireyts” klubi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!