Raneri Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda o‘ynatmayotgani sababini aytdi!

  • 14 aprel, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 32-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida Rim derbisining ahamiyati yuqori. Jahonga mashhur “Olimpiko” arenasi mezbonlik qilgan bu galgi to‘qnashuvga “Latsio” mezbonlik qildi, “Roma” esa o‘z uyida mehmon bo‘ldi.

Tecno

Bu mavsum poytaxtning har ikki jamoasi kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Derbidagi g‘alaba g‘olib jamoa imkoniyatlarini oshirar edi.

Shu bois, har ikki jamoa ham faqat g‘alaba uchun to‘p tepdi. Hisobni ochish shu kuni “Olimpiko”ga egalik qilgan “Latsio”ga nasib qildi. Mezbonlar vakili Alessio Romanoli 47-daqiqada “Roma” darvozasini ishg‘ol qildi.

Klaudio Raneri hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 59-daqiqada maydonga Eldor Shomurodovni tushirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Matias Sule hisobni tenglashtirgan golni urdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki tomon harchand urinmasin bir birining darvozasiga yo‘l topa olmadi. Derbi durang bilan tugadi. “Roma”ning Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 16 ta uchrashuvga etdi. Qimmatli ikki ochko yo‘qotilgani esa, Klaudio Raneri shogirdlarini Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan uzoqlashtirdi.

Bellashuvdan keyin Klaudio Raneri o‘ziga berilgan savollarga javob berar ekan, nega yana Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikni boshlang‘ich tarkibda birga o‘ynatmagani haqida ham gapirib o‘tdi.

- “Yuventus” bilan o‘yindan keyin ham nega ilk daqiqalardan ikki hujumchi bilan o‘ynamaganimiz haqida savollar ko‘p bo‘ldi. Men bu taktika biz uchun foydaliroq ekanini, Eldor va Artyom birga o‘ynasa, xavfli vaziyatlar ko‘proq yaratilishi va xavfli jamoaga aylanishimizni juda yaxshi bilaman.

Lekin yana ta’kidlab aytaman, o‘yin davomida nimanidir o‘zgartirish kerak bo‘lib qolsa, boshqa imkoniyatim qolmaydi, chunki bizda faqat mana shu ikki nafar markaziy hujumchi bor xolos va hujumda o‘ynay oladigan boshqa o‘yinchimiz yo‘q.

Har bir uchrashuvdan oldin mana shu holat meni eng katta muammo. Har hafta juma kunigacha bu gal hujumkorlik oshirish uchun Eldorni ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushuraman, deb reja qilaman. Keyin shanba yoki yakshanba kuni tarkib tanlashdi o‘zimga “Agar nimadir yuz bersa, o‘yinda o‘zgarish qilish kerak bo‘lib qolsa, nima qilaman?”, degan savolni berib, fikrimdan qaytishimga to‘g‘ri kelyapti.

Shomurodov maydonga tushishi bilan o‘z qat’iyatini namoyish qilayotganini ko‘rib turibman. Eldor paydo bo‘lishi bilan jamoa o‘zida kuchli ishonchni his qila boshlaydi va to‘pni oldingi chiziqqa yo‘naltirishga harakat qiladi.

O‘zbek futbolchisi o‘yinga qo‘shilsa, Artyom Dovbik ham o‘zini oldingi chiziqda ancha erkin his etadi. Men esa, har doim eng maqbul yo‘lni topishim kerak bo‘ladi, - dedi Klaudio Raneri.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum davomida ikki marotaba “Roma”dan ketishga yaqin turgan edi. Biroq mavsumning hal qiluvchi pallasida 29 yoshli forvard Klaudio Raneri jamoasida muhim figuraga aylandi.

Buning natijasida “Roma” klubi o‘zbek legioneriga yangi shartnoma taklif qildi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi 2027 yilning yozigacha Rimda faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

O‘zbek futbolidan chiqqan yangi iste’dod Husanov darajasiga ko‘tariladi!

“Zidan finti”ni qo‘llagan Shomurodovning o‘yini qanday baholadi?

“Manchester Siti” Husanov orqali yangi biznesni yo‘lga qo‘ydi!

Husanovning do‘stini mahalladan ko‘chirib yuborishdi

Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?

Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!