Raneri “Roma” tarixida rekord o‘rnatdi!

  • 8 yanvar, 11:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Klaudio Raneri "Roma" bosh murabbiyi sifatida "Latsio"ga qarshi dastlabki besh derbida g‘alaba qozongan A Seriya tarixidagi birinchi murabbiydir. 
 
Klaudio so‘nggi 5 ta Rim derbisida 5 marta g‘alaba qozongan bo‘lib, raqib darvozasini 7 bora ishg‘ol qilgan holda, 2 marotaba o‘z darvozasidan to‘p ham olib chiqqan. 
 
Xabaringiz bor, italiyalik bosh murabbiy dastlab 2009 yildan 2011 yilgacha rimliklarni boshqargan bo‘lib, ikkinchi marotaba esa 2019 yil 8 martdan 30 iyungacha mazkur klubga murabbiylik qilgan. Shu bilan birga so‘nggi bor 2024 yilning 24 noyabr sanasida yana “giallorossilik”larga bosh murabbiyi etib tayinlandi. Ushbu payt mobaynida Raneri ketma-ket 5 to‘qnashuvda "Latsio" klubi ustidan zafar quchgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 73 yoshli mutaxassis "Roma" murabbiyi sifatida 106 ta uchrashuvda shogirdlarini maydonga olib tushgan. 58 ta to‘qnashuvda muvaffaqiyatga erishib, 22 ta durang va 26 ta mag‘lubiyatga uchragan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!