Ramos "Real"ni tark etishni xohlamagan

  • 21 avgust, 2021, 16:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Serxio Ramos "qirollik klubi"ning yangi murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar safida olib qolishiga umid qilgan, deya yozmoqda "Mundo Deportivo".

Manbaning xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi "Real"dan ketishni xohlamagan, biroq Anchelotti "qaymoqranglilar" rahbariyatiga bosim o‘tkazishni istamagan. 

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Serxio "Real"ni erkin agent maqomida tark etib, PSJ bilan shartnoma imzolagandi. Himoyachi jarohati sababli hali ushbu mavsum maydonga tushishga ulgurmadi.

Avvalroq, PSJ rahbariyati Serxio Ramosning o‘zini tutishidan norozii bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!