Ramos "Real"ga qaytishi mumkin

  • 30 noyabr, 16:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksikaning "Monterrey" klubi 39 yoshli markaziy himoyachisi Serxio Ramos Madridning "Real" klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Defensa Central nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining "qaymoqranglilar" safiga qaytishi qishki transferlar davridayoq ko‘rib chiqilmoqda. Ramosning Meksika klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda va bir oydan so‘ng u rasman erkin agent maqomiga ega bo‘ladi. Bu holat uning transfer uchun tovon pulisiz o‘tishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, madridliklar tajribali markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda, bu esa himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Ramos nomzodini dolzarb qiladi. Avvalroq, jarohatlar tufayli himoya markazida "Real"ning himoyachilar bilan bog‘liq muammolari haqida xabar berilgandi.

Serxio Ramos "Real" safida 2005-2021 yillar oralig‘ida 16 mavsum to‘p surgan. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda madridliklar libosida 671 ta o‘yin o‘tkazdi. Himoyachi 101 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi, u klub tarixidagi eng ko‘p gol urgan himoyachilardan biriga aylandi. "Real"dagi faoliyati davomida Ramos ko‘plab sovrinlar, jumladan, to‘rtta UEFA Chempionlar Ligasi va beshta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Futbolchi joriy yilning fevral oyidan buyon Meksikaning "Monterrey" jamoasida to‘p surib kelmoqda. Ushbu klub safida 39 yoshli futbolchi 30 ta uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!