
Rakitich? Imkon bo‘lsa uni sotib olaman!
"Sevilya" klubi sport direktori Ramon Rodriges Verdexo "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichning qaytishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"U mening do‘stim, barcha Rakitichni qaytarib olish istagimni yaxshi biladi, biroq hozirgi iqtisodiy vaziyatda bu transferning amalga oshishi qiyin masala. Bizga kimdir yaxshi taklif bildirsa, uni ko‘rib chiqishga hozirmiz, ammo yangi mavsum uchun barcha yigitlarni jamoada olib qolmoqchimiz", - deydi Monchi.
Rakitich "Sevilya" tarkibida 2011 yildan 2014 yilgacha to‘p surgan. Yakunlangan mavsumda xorvat "Barselona" safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar