Rahmonov: “Keyingi jangim...”

  • 26 fevral, 2024, 13:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan qozog‘istonlik yarim o‘rta vazn(77,1 kg) toifasidagi jangchi Shavkat Rahmonov(18-0) navbatdagi jangida divizion chempioni britaniyalik Leon Edvards(22-3-1 N/C) bilan jang qilishini istisno etmayapti.

Tecno

Hozir biroz dam oldim va ba’zi ishlarimni tugatdim. Keyingi jangim qachon bo‘lishi hozircha ma’lum emas. OAV har xil narsalarni yozmoqda. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, ehtimol biz Kamaru Usman bilan ham jang qilarmiz. Undan tashqari Leon Edvards bor... Men titul uchun kurash olib borishim mumkin, bunga imkoniyatim bor. Nima bo‘lishini hech kim oldindan bilmaydi, biroq men o‘z vaznimda UFC kamari uchun da’vogar ekanimni bilaman”, — dedi Shavkat “Shaekinning do‘sti” podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov oktagondagi so‘nggi chiqishida amerikalik faxriy Stiven Tompson(17-7-1)ni ikkinchi raundda taslim qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!