Rahmatova Xitoy Taypeyi - Myanma uchrashuviga tayinlov oldi

  • 8 iyun, 2023, 14:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilda mamlakatimizda o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi final bosqichi uchun saralash bahslari davom etmoqda.

Tecno

Avvalroq, Myanmaning Yangon shahrida mazkur musobaqa uchun 2-bosqich saralash bahslari bo‘lib o‘tishi va “B” guruhi bahslarida Zilola Rahmatova ishlashi ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Shu tariqa, guruhning 2-turidan o‘rin olgan Xitoy Taypeyi hamda Myanma terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun Zilola Rahmatova tayinlov oldi.

Ushbu uchrashuv bugun, 8 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanishi belgilangan.

O‘FHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!