
Rahbarlarga aql o‘rgatgan futbolchi bilan shartnoma bekor qilindi
"Galatasaroy" klubi yarim himoyachi Yunes Belanda bilan amaldagi shartnomani bekor qildi.
Bunga 31 yoshli marokashlik futbolchining chempionat doirasida "Sivasspor"ga (2:2) qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng “Galatasaroy” stadioni maydonini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.
“Bunday maydonda o‘ynash oson emas. “Galatasaroy” rahbariyati buning echimini topishi kerak. Ular bu erda futbol o‘ynashimizni bilishadi. Ular stadionga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak
Maydonda biz o‘ynaymiz, ular esa o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishlari kerak. Hatto mashg‘ulot maydoni ham bundan yaxshiroq. Bu normal holatmi? Yo‘q”, - dedi Belenda.
“Sivasspor” bilan o‘yindan so‘ng Belanda klub imiji va klub boshqaruv kengashi a’zolarining obro‘siga putur etkazadigan bayonotlar berdi, bu shartnoma shartlari va klubning ichki intizom qoidalarini buzish hisoblanadi.
Hamkorlikni davom ettirish imkonsiz bo‘lib qoldi, futbolchining shartnomasi darhol bir tomonlama va uzrli sabablarga ko‘ra bekor qilindi”, - deyiladi klub bayonotida.
Fikrlar