Rafinya : “Bugungi g‘alaba mavsum oxirida chempionliki masalasini hal qilishi mumkin”
Rafinya "Atletiko Madrid"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizning har bir o‘yinda o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz ortib bormoqda. Menimcha, bu g‘alaba mavsumning so‘nggida chempionlik poygasining natijasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar o‘yindan-o‘yinga ochko to‘plashni davom ettirsak, vaziyatimiz ancha yaxshilanadi",- dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Flik shogirdlari "Atletiko" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng 37 ochko jamg‘argan xolda, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar