
Rafael Varan: “Dastlabki bir soatda biz o‘yinda emasdik”
Frantsiya finalda Argentinaga mag‘lub bo‘lib chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rafael Varan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hafsalamiz pir bo‘ldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Musobaqa davomida juda ko‘p to‘siqlarga duch keldik. Ammo davom etdik. Uchrashuvning dastlabki bir saotida biz o‘yinda emasdik. Biz ham g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Men frantsuz ekanimdan faxrlanaman”, - dedi “Manchester Yunayted” futbolchisi.
Shu tariqa, Frantsiya ketma-ket jahon chempioniga aylana olmadi. Hozircha faqat Braziliya bu ishni uddalay olgan yagona terma jamoa bo‘lib turibdi.
Fikrlar