
Rafael Nadalning navbatdagi raqibi bugun aniqlanadi
Endi Nadal Frantsiya ochiq birinchiligining navbatdagi bosqichida yaponiyalik Kei Nishikori va frantsiyalik Benua Per uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Ispaniyalik Rafael Nadal Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining to‘rtinchi davrasida ham muvaffaqiyatga erishdi.
Rafa mazkur bosqichda argentinalik Xuan Londeroga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 6:2, 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar