
Quvayt bosh murabbiyi: "Agar Kannavaro futbolchilar bilan tezda til topisha olsa, albatta, yaxshi natijalar qayd etishiga ishonaman"
O‘zbekiston - Quvayt o‘rtoqlik o‘yini oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Elio Souza matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘zbekistonning so‘nggi o‘yinlariga nazar tashlasak, bu jamoa nafaqat Osiyoda, balki jahon miqyosida ham kuchli terma jamoalardan biriga aylanganini ko‘rish mumkin. Tarkibida Evropaning top-klubida o‘ynaydigan futbolchisi bor. Hech bir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim — ularning har biridan xavf kutish mumkin. Biroq bizning asosiy ishimiz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratish. Ertaga chiroyli stadionda maydonga tushamiz va ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.
Fabio Kannavaro ilgari Xitoy terma jamoasida ishlagan, 2006-yilda esa Italiya bilan Jahon chempioni bo‘lgan. Agar u futbolchilar bilan tezda til topisha olsa, albatta, yaxshi natijalar qayd etishiga ishonaman.
Kuvayt Yaqin Sharqdan Jahon chempionatiga chiqqan ilk terma jamoa bo‘lgan. Hozir biz har bir futbolchimizning o‘yinini tahlil qilib, Osiyo Kubogida munosib ishtirok etishga va Kuvayt futbolining oldingi nufuzini tiklashga intilmoqdamiz", - dedm mutaxassis.
Fikrlar