Qozog‘istonlik sobiq futbolchi: “O‘zbekiston Jahon chempionati saralashida Belgiya va Uelsga qarshi o‘ynaganmi?”

  • 20 noyabr, 15:00
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston terma jamoasining sobiq futbolchisi Bulat Esmag‘ambetov “Fergana” saytiga bergan intervyusida qozoq va o‘zbek futboli o‘rtasidagi taqqoslash masalalari haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Nimani aniq taqqoslashni istasangiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ko‘proq uchrashuvlar tashkil qilishni xohlardim, kim va qaysi darajada ekanini tushunish oson bo‘ladi. Hozir ko‘pchilik Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari hamda mamlakatlarimiz klublari o‘rtasida solishtirishlar olib boryapti.

Ha, o‘zbeklar Jahon chempionatiga chiqdi, biz esa chiqmadik. Lekin menimcha, bizning terma jamoamiz o‘zbek jamoasidan zaif emas. Ularda Belgiya yoki Uels kabi raqiblar bo‘lganmi? Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreya boshqa saralash guruhlarida o‘ynagan.

Klub musobaqalariga kelsak, Evropa kuboklarini Osiyo turnirlari bilan solishtirib bo‘lmaydi. UEFA — bu elita, biz unga qarshi raqobat qilamiz va ko‘pincha bunga munosib qilamiz. Bizning muxlislar "Inter", "Real", "Arsenal"ni ko‘rishadi, qozoq futbolchilari esa ularga qarshi maydonga tushib, yomon o‘ynamaydilar. Har bir jamoaning rivojlanish yo‘li bor va taqqoslash uchun eng yaxshi yo‘l — bir-birimizga qarshi o‘ynash", — dedi Esmag‘ambetov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
21/11/2025 15:14
ФУТБОЛЧИЛИК ДАВРИНГДА УЗИНГ БИРОР НАРСАГА ЭРИШГАНМИСАН СССР ЧЕМПИОНАТИДА КАЙРАТ БИЛАН ПАХТАКОР УРТАСИДА 100 ТА УЙИН БУЛГАН БУЛСА ШУНДАН 80 ТАСИ ПАХТАКОР ФОЙДАСИГА БУЛГАН МАКТАНЧОК.
&
Rustam Ro‘ziyev
20/11/2025 16:24
Сасимасдан яхши ният қил, Қозоқ термасиям ЖЧга чиқсин. Намунча ичинг қора бўлмаса?