
Qozog‘iston superkubogi. Legionerlarimiz asosiyda tushgan bahsda "Ordabasi" deyarli 700 million so‘mdan quruq qoldi
Qozog‘iston superkubogi doirasida "Ordabasi" klubi "Tobol"ga qarshi saf tortdi. O‘yin asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa "Tobol" 4:5 hisobida zafar quchdi.
"Ordabasi" safida harakat qiladigan legionerlarimiz Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Keyinchalik, ularning ikkalasi ham zaxiraga olindi.
Shu tariqa, superkubok sohibi "Tobol" jamoasi 25 million tenge (692 million so‘m) mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar