“Qora an’ana”ga chek qo‘yilgan uchrashuvda Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 27 yanvar, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 22-turi “Roma” futbolchilari uchun muvaffaqiyatli keldi. Klaudio Raneri shogirdlari “Udineze” mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi.

Tecno

Bu uchrashuvga qadar, rimlik “bo‘rilar” 9 oydan beri, ya’ni 18 ta uchrashuvda davomida safardan g‘alabasiz qaytayotgan edi. “Udineze”ga qarshi bahsda ham poytaxtliklar birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yubordi. Biroq ikkinchi bo‘limda  ikkita to‘p kiritib, 2:1 hisobida zafar quchdi va “qora an’ana”ga chek qo‘ydi.

“Roma” g‘alabasida tanaffusdan keyin maydonga tushgan Eldor Shomurodov ham muhim rol o‘ynadi.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan siamolaroma.it sayti “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Mile SVILAR 6:

“Udineze” bu darvozabonni ko‘p ham bezovta qilmadi. Lekin birinchi urinishdayoq “Roma” darvozasini ishg‘ol qildi.

Zeki ChELIK 5:

O‘yin odatdagidan farq qilgani yo‘q, xatolar kuzatildi va sariq kartochka ham oldi. Uning kamchiliklarini jamoadoshlari yopishiga to‘g‘ri keldi. Tanaffusda o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Janluka MANChINI 6:

Raqib hujumchilaridan Lukka va Adzuriga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Manchini ularni to‘xtatish uchun ancha kuch sarfladi.

Evan NDIKA 6,5:

“Roma” himoya chizig‘ida toza va diqqat bilan o‘ynadi. Yakkakurashlarda ancha ter to‘kdi.

Devayn RENSh 6,5:

Gollandiyalik futbolchining “Roma”dagi debyut uchrashuvini ijobiy baholash mumkin. Ayniqsa, yakkakurashlarda raqiblariga imkon bermadi.

Manu KONE 6,5:

Leandro Paredes yo‘qligida jamoa o‘yinini tashkil qilishda jonbozlik ko‘rsatdi. O‘z hududida raqibga imkon bermadi.

Nikolo PIZILLI 6:

Maydonda juda ko‘p harakat qildi, tinmay yugurdi, shu bilan birga ko‘p xato qildi, yakuniy zarba berishda adashdi. Qulay vaziyatlarni barbod qildi.

ANJELINO 6,5:

Maydonning har qarichida kurash olib borishga urindi. O‘z qanotida “Udineze” futbolchilarini ancha qiynadi, jarima maydonchasi ichiga ikkita zo‘r pas uzatdi.

Tommazo BALDANЬTsI 6,5:

Himoyaviy harakatlarida birorta xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Hujum tashkil qilishda ham raqibga xavf tug‘dirdi.

Lorentso PELLEGRINI 6.5:

Birinchi bo‘lim Pellegrini uchun juda qiyin kechdi, harakatlari samarali chiqmadi. Tanaffusdan keyingi o‘yini ancha samarali chiqdi. Penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.

Artyom DOVBIK 7:

Artyom Dovbik himoyachilar bilan ko‘p kurashishiga to‘g‘ri keldi. Jarima maydonchasi ichida unga to‘p etib kelmadi. Ikkinchi bo‘limda Shomurodovning o‘yinga qo‘shilishi Dovbikka bo‘sh hududlarni ochib berdi. Penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi.

Eldor ShOMURODOV 7:

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Shomurodov o‘yin boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi va “Roma” hujumlarini sezilarli darajada kuchaytira oldi. Ikkinchi bo‘limdagi hujumlarning asosiy qahramoni bo‘ldi. Aynan uning ajoyib uzatmasidan keyin Stefan El-Shaaravi raqib jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatga chiqdi. Biroq raqiblar uni o‘yin qoidasini buzib to‘xtatdi. Eldor Shomurodov yordamida vujudga kelgan ushbu vaziyat o‘yinning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi.

Stefan EL-ShAARAVI 6,5:

Jamoasiga uch ochko olib kelgan penaltini ishladi.

Klaudio RANЬERI 7:

Boshlang‘ich tarkibda o‘zgarishlar qildi. Mats Xummels, Leandro Paredes va Paulo Dibala o‘rniga ilk daqiqalardan boshqa futbolchilarni tushirdi. Hisobda ortda qolayotgan pallada o‘yinchi almashtirish orqali o‘yin sxemasini o‘zgartirdi. Bu ishlar oxir-oqibat jamoaga uch ochko keltirdi.

Husanov, o‘kinma, Messi ham birinchi “kalla” qo‘ygan edi!

APL Husanov haqida g‘aroyib fakt chiqardi!

Husanov yolg‘iz emas: APLda debyuti bundan-da og‘ir o‘tgan yulduzlar bor!

“Manchester Siti” yulduzlari Husanovni qanday himoya qilyapti?

Husanovga antirekord uchun to‘rt daqiqa kifoya qildi, lekin...

Hujumkor legionerimiz Premer-ligadan yangi jamoa topdi

Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!