
"Qo‘qon-1912"ning "Surxon"ga qarshi o‘yinida darvozalar daxlsiz qoldi
"Qo‘qon-1912" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini "Surxon"ga qarshi o‘tkazdi. Hujumkor kechgan bahs 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
"Qo‘qon-1912" ushbu yig‘inlar davomida Superliganing nomdor jamoalari - "Paxtakor" (1:2), "So‘g‘diyona" (3:1) va "Neftchi" (0:0)ga qarshi bahs olib bordi.
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" jamoasi Pro liganing navbatdagi turini 9 avgust kuni «Mash’al»ga qarshi safarda o‘tkazadi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar