
"Qo‘qon-1912" xorij klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Unda murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga ham alohida urg‘u berishmoqda.
Chirchiq yig‘ini doirasida "shunqorlar" bir nechta nazorat o‘yinlarida ishtirok etishlari haqida xabar bergan edik. Bugungi kunga kelib sparring raqiblarning nomlari ma’lum bo‘ldi.
16 iyul. "Qo‘qon-1912" - "Oqtepa"
17 iyul "Qo‘qon-1912" - "Xo‘jand" (Tojikiston)
18 iyul "Qo‘qon-1912" "Sho‘rtan"
Bu o‘yinlardan tashqari yana nazorat o‘yinlari o‘tkazilishi ham mumkin. Bu borada qo‘qonliklar Superliga klublari bilan ham muzokaralar olib borishmoqda. Barcha uchrashuvlar Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar
Бу борада СА сайти ПРОФЕССИОНАЛ.