
"Qo‘qon-1912" so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi
Superligada munosib ishtirok etish uchun yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘inning so‘nggi uchrashuvida "Dinamo"ga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda Bahrom Haydarov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, "Qo‘qon-1912"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi.
Endi jamoa a’zolari 8 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Andijon"ga qarshi uchrashuvga Qo‘qon shahrida tayyorgarlik ko‘radi.
Fikrlar