
"Qo‘qon-1912" OKMKning yosh hujumchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
Bobur Sobirov "Qo‘qon-1912" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni jiddiy tarzda davom ettirayotgan "Qo‘qon-1912" navbatdagi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. OKMK jamoasining yosh va iqtidorli hujumchisi Bobur Sobirov ikkinchi davrada jamoamiz safida harakat qiladi.
Bobur Sobirov.
Tug‘ilgan sanasi: 2002 yil, 23 fevral.
Ampluasi: Hujumchi.
"Sobirovning "Qo‘qon-1912" tarkibidagi faoliyatida omadlar tilab qolamiz. "Qo‘qon-1912" oilasiga xush kelibsan, Bobur!", - deyiladi xabarda.
Fikrlar