"Qo‘qon-1912" legioneri jamoani tark etdi

  • 15 dekabr, 2022, 17:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasining Serbiyalik tajribali himoyachisi Ivan Yosovich kelgusi mavsumni boshqa jamoada boshlaydigan bo‘ldi.

Tecno

Klub rahbariyati legioner himoyachi bilan o‘rtadagi shartnomani har ikki tomonning roziligi bilan bekor qildi. Ivan Yosovich 3 yil mobaynida “shunqorlar” tarkibida o‘zining ishonchli o‘yini bilan jamoa a’zolari va muxlislar orasida katta hurmat qozondi.

Qo‘qonliklar Ivan Yosovich bilan do‘stona xayrlashdi. "Barchasi uchun rahmat senga Ivan!",-deya serbiyalik futbolchiga minnatdorchilik bildirdi jamoa matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!