"Qo‘qon-1912" hujumchisining shartnomasi uzaytirildi

  • 14 dekabr, 2024, 15:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasini Superligaga olib chiqishda katta hissasini qo‘shgan hujumchi Shaxzod Beshimov yaqin ikki yil yana qo‘qonliklar safida qoladi. Hujumchi bilan 2026 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

Shu munosabati bilan klub matbuot xizmati Shaxzod Beshimovdan qisqa intervyu oldi.

«Mavsum yaxshi o‘tdi deb o‘ylayman. Oldimizga qo‘ygan vazifani bajardik. Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik.

Mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoa  rahbariyati va murabbiylari bilan uchrashdim. Ular meni keyingi mavsumda ham jamoada ko‘rishayotganini va "Qo‘qon-1912"ga kerak ekanligimni aytishdi. Ular menga katta ishonch bildirishdi. Superligada ko‘plab gollar urib, jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Yaxshi natijalar bilan muxlislarni xursand qilmoqchiman. Keyingi yil o‘z oldimga Superliga to‘purarlaridan biri bo‘lishni reja qilganman.

Umid qilamanki, keyingi mavsumda ajoyib o‘yinlar bilan muxlislarni yanada xursand qilaman, - deb fikrini yakunladi mahoratli hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!