"Qo‘qon-1912" futbolchisi jamoadan ketdi

  • 18 iyul, 2024, 16:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Poytaxtda yozgi yig‘inini o‘tkazayotgan pro liga vakili - “Qo‘qon-1912” jamoasi tarkibida ayrim o‘zgarishlar yuz bermoqda. Klubga kelayotgan va klubdan ketayotgan o‘yinchilar bor. Jumladan, bugun qo‘qonliklar sharafini himoya qilgan iqtidorli yarim himoyachi Farhod Mirahmatov jamoa bilan xayrlashdi.

Tecno

Bu haqida futbolchi Sports.uz muxbiriga “Qo‘qon-1912”dan ketganini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘zaro kelishgan holatda shartnomani bekor qildilar.

Mirahmatov o‘tgan yilning fevral oyida ushbu jamoaga qo‘shilgandi. Bu yil birinchi davrada Farhod qo‘qonliklar tarkibida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib bittadan gol va golli assistni qayd etdi. O‘zbekiston Kubogida esa 3 ta bellashuvda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!