
"Qo‘qon-1912" bugundan Toshkentda yig‘iladi
Superligada yuzaga kelgan tanaffus vaqtida Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari Qo‘qon shahrida o‘z mashg‘ulotlarini olib borishayotgan edi. Jamoa bosh murabbiyi 8 iyunga qadar barcha futbolchilarga qisqa muddatli ta’til e’lon qilgandi.
"Shunqorlar" 2 kun dam olgach, bugundan navbatdagi mashg‘ulotlarga kirishishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari Toshkent shahrida olib boriladi. "Qo‘qon-1912" Superliganing keyingi tur uchrashuvini aynan poytaxtda "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar