"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi: Superligaga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz

  • 22 noyabr, 2023, 23:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga o‘tish o‘yinlari doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" (1:1, penaltilar seriyasi 4:2) uchrashuvidan so‘ng qo‘qonliklar bosh murabbiyi Muxsin Nizomiddinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. "Mash’al" yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda bir nechta futbolchilarimiz ayrim epizodlarda e’tiborni yo‘qotishdi. Tanaffusdan so‘ng esa o‘zgarishlarni amalga oshirib, o‘yinning borishini o‘zgartirdik.

Oldinda jiddiy bahs kutib turibdi. Superligaga yo‘llanma olishni maqsad qilganmiz. Hali niyatimizga etganimiz yo‘q. Shu tempda harakat qilsak, so‘nggi bellashuvni ham o‘z foydamizga hal qilamiz, – dedi Nizomiddinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!