“Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi klubdan ketdi

  • 11 dekabr, 12:26
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" bosh murabbiy Bahrom Haydarov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

"Hammasi uchun rahmat, Bahrom Haydarov!

2024 yilda “Qo‘qon-1912” rahbariyati tomonidan jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Bahrom Haydarov jamoani iqtidorli futbolchilar bilan mustahkamlash va chempionatning istalgan jamoasiga qarshi kurasha oladigan jamoa tuzish vazifasi qo‘yilgandi. Murabbiy bu vazifani katta mas’uliyat bilan bajarishga kirishdi. 2024 yilgi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasini Pro-ligadan olib chiqishga erishdi va yakunlangan mavsumda Superligada ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Murabbiy joriy mavsum Superliganing TOP-6 jamoalarining barchasiga haqiqiy kurash taqdim eta oladigan jamoa tashkil qildi va muxlislarga yoqadigan futbol ko‘rsatdi.

Bahrom Haydarov boshqaruvidagi jamoa 49 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 19 ta g‘alaba, 14 ta durang va 16 ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

O‘tgan yili jamoamizni Pro-ligadan olib chiqishga erishgan va yakunlangan mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasini Superligada ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan Bahrom Haydarovning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", — deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!