
"Qo‘qon-1912" "Aral"ni mag‘lub etdi
Bugun "Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasidagi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushdi.
Qo‘qonliklar pro liga vakili "Aral"ga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Bahrom Haydarov ixtiyoridagi barcha futbolchilardan foydlandi. Bahs 2:0 hisobidagi "Qo‘qon-1912"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi. Jamoa bir necha kunlik ta’tildan so‘ng Superliganing 16-turiga tayyorgarlikni davom ettirashadi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi ikkinchi davraning ilk turida "Andijon" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 3 avgust kuni soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar