Qizlarimiz boks bo‘yicha Osiyo chempionatini birinchi o‘rin bilan yakunladi

  • 25 yanvar, 2023, 15:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlikni munosib himoya qildi. Bugun o‘tkazilgan final janglarida 5 nafar hamyurtimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:
 
Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
 
Kumush medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
 
Bronza medal:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova
 
Ertaga yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi. Unda 10 nafar hamyurtimiz chempionlik uchun bahs olib borishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!