"Qizilqum" yangi mavsumda uy uchrashuvlarini boshqa stadionda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Sababi...

  • 6 yanvar, 2024, 19:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilning 16 mart sanasida Liga «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJga xat yo‘llagan bo‘lib, unda 2023 yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab “Yoshlar SM” Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi ma’lum qilingandi.

Tecno

Keyinchalik 2023 yilning 27 may sanasida “Yoshlar SM”ni «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ uchun berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 282-F-son farmoyishi qabul qilindi. Shundan kelib chiqib, “Yoshlar SM”da Superliga uchrashuvlarini mavsum yakuniga qadar o‘tkazish belgilandi. 2023 yilning 10 oktyabr kuni esa «Yoshlar SM» Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish talabiga javob bermasligi, maydonning drenaj, sug‘orish va yoritish tizimi, shuningdek, maysani almashtirish, klub uchun baza, mashg‘ulotlar maydonlari qurish masalalari yana bir karra eslatib o‘tildi.

2023 yilning 15 dekabr kuni Liga mutaxassislari Navoiyda bo‘lib, “Yoshlar SM” maydonini o‘rgandi. 2015 yil stadionga 70 foiz POA, 20 foiz FESTUCA, 10 foiz LOLIUM navli maysa yotqizilgan. Bugunga kelib maysa sifati 5 ballik tizimda 2, parvarish darajasi 3, maysa chidamliligi esa 4 ga baholandi.

Maysa butun maydonni 80 foizgacha qismini qamrab olgan. Uning 70 foiz qismida rang asosiy tusdan farqlanadi. Suvning yutilib ketish darajasi 20 foizga teng. Maysa ichida yovvoyi o‘tlar ham, shikastlanganlari ham, hashorot va zararkunandalar ham bor. Shunga qaramay, uch yo‘nalish bo‘yicha maydon maysasi ijobiy baho oldi. Biroq rangning o‘zgarishi hamda suvning yutilib ketish darajasida 10 balldan 2 ga loyiq ko‘rildi.

Yaxshi tarafi, stadionni parvarish qilish uchun eng zarur texnikalar mavjud. Keyinchalik stadion ta’mirdan chiqarilsa, Paxtakor va Bunyodkor klublari singari texnikani yanada yaxshilash va to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

“Qizilqum” 10 yanvar sanasiga qadar Superliga uchrashuvlarini o‘tkazish uchun boshqa stadion bilan uch tomonlama kelishuv imzolashi lozim.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
06/01/2024 19:47
Shahar markazida "So'g'diyona" stadioni bor shunda bo'lsa kerak