"Qizilqum" Rossiyadagi xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi

  • 7 iyul, 2024, 23:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” jamoasi Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil qilingan “Innoprom-2024” xalqaro musobaqasidagi yarim final uchrashuvini g‘alaba bilan boshladi.

Tecno

Jamshid Saidov jamoasi ilk o‘yinni Serbiyaning “IMT Belgrad”ga qarshi o‘tkazdi. Qizg‘in o‘tgan uchrashuvda “Qizilqum” raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Qizilqum”: Xumoyunshoh Sayyotov, Ilhom Vahobov, Nikolay Tarasov, Fayzulla Qambarov, Samandar Shukurullaev, Aziz Usmonov, Shaxzod Rahmatullaev, Xumoyun Abdualimov, Diyor Rahmatilloev, Asadbek Asadov, Muhammadali G‘iyosov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Fayzulla Jumanqo‘ziev, Bobomurod Bozorov.

26 va 71-daqiqalarda Muhammadali G‘iyosov o‘z dublini nishonlagan bo‘lsa, uchrashuvga nuqta qo‘ygan gol muallifi 80-daqiqada Nikolay Tarasov tomonidan amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada shuningdek, Rossiyaning "Ural" hamda Tojikistonning "Ravshan" jamoalari ham ishtirok etmoqdalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!