"Qizilqum" jamoasi xalqaro turnirga jo‘nab ketdi

  • 6 iyul, 2024, 19:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 7-12 iyul kunlari "Qizilqum" jamoasi Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan "Innoprom-2024" musobaqasida ishtirok etadi. Shu sababdan bugun vakillarimiz Navoiy xalqaro aeroportidan Navoiy - Ekaternburg yo‘nalishi orqali Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.

Tecno

"Innoprom-2024" musobaqasida "Qizilqum"dan tashqari «Ural» (Rossiya), «Ravshan» (Tojikiston), IMT Belgrad (Serbiya) jamoalari ishtirok etadi. Jamshid Saidov shogirdlari ilk uchrashuvni 7 iyul kuni IMT Belgrad jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ekaternburga yo‘l olgan «Qizilqum» jamoasi a’zolari:

Darvozabon: Humoyunshox Sayyotov

Himoyachilar: Ilhomjon Vaxobov, Nikolay Tarasov, Fayzullo Qambarov, Abduxoliq Tursunov, Samandar Shukrullaev.

Yarim himoyachilar: Davron Anvarov, Xumoyun Abdualimov, Shaxzod Raxmatilloev, Azizbek Usmonov, Diyorbek Raxmatilloev, Bobomurod Bozorov, Asadbek Asadov.

Hujumchilar: Muhammadali G‘iyosov, Fayzullo Jumanqo‘ziev.

"Qizilqum" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!