"Qizilqum" ham tayyorgarlikni boshladi

  • 6 yanvar, 23:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Tecno

Bugun Navoiydagi "Kimyogar" sport majmuasida klub bo‘lajak mavsum uchun ilk o‘quv mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

Tushlikdan so‘ng boshlangan mashg‘ulotlarda asosan to‘p bilan yuklamalar bajarildi. Qolaversa murabbiylar shtabi futbolchilarning tiklanish jarayonini diqqatlik bilan kuzatib bordi.

Ma’lumot uchun, Nikola Lazarevich boshchiligidagi asosiy jamoa 6 yanvardan Navoiydagi qarorgohda yig‘iladi va 25 yanvarga qadar shu erda qishgi yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi. 26 yanvardan yig‘in Toshkentga ko‘chiriladi. Poytaxtdagi mashg‘ulotlar esa 5 fevralga qadar davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!