"Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvining sanasi o‘zgardi

  • 16 iyun, 2022, 20:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Sola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Paxtakor” uchrashuvi 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tecno

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatining final uchrashuvida ishtirok etadi. Mazkur o‘yinda bosh murabbiy Timur Kapadze “Paxtakor” futbol klubining uch nafar a’zosi xizmatidan foydalanishi mumkin: Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullaev, Diyor Xolmatov.

Reglamentga ko‘ra, milliy va olimpiya termasiga uch va undan ortiq futbolchisini taqdim etgan klubda rasmiy uchrashuv sanasini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilish huquqi mavjud. “Paxtakor” ayni vaqtda mana shu huquqdan foydalanadi.

Avvalroq “Paxtakor” Osiyo chempionati U-23 startiga qadar bo‘lgan “So‘g‘diyona”ga qarshi bellashuvni ham boshqa muddatga qoldirishni so‘rab murojaat qilgan, ammo bunda qit’a chempionatidan keyingi bahs borasida gap bo‘lmagandi. Biroq Namanganda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining saralash o‘yini uchun ham “paxtakorchilar”ning 5 nafar futbolchisi jalb qilingandi: Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboev, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo‘jaev. Mazkur futbolchilarning ayrimlarida kichik jarohatlar borligidan kelib chiqib, “Paxtakor”ga olimpiya termasiga jalb qilingan futbolchilar xizmati ham zarur.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mana shunday holat katta ehtimol bilan yuz berishini hisobga olgan holda “Qizilqum” va “Paxtakor” o‘yinini bir necha kunga surish taqvimga katta ta’sir qilmasligi masalasini avvaldan rejalashtirgandi. Afsuski, “Olimpik” futbol klubi ketma-ket ikki turni o‘tkazib yuborganidan kelib chiqib, uning navbatdagi o‘yinlarini kechiktirish imkoniyati mavjud emas. Qolaversa, “So‘g‘diyona” futbol klubining OFK Kubogiga jo‘nab ketayotgani ham taqvim tuzishda inobatga olinganini unutmaslik kerak.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/06/2022 20:55
fenal 19 chiga bulsa. Qizilqum Pahtakor uyinni. bemolol. 22 chiga quysa buladi. Nasaf uyinchilari ham. Fenalga uynaydiki lekin Nasaf qaytam qiyin taqfim bilan uynaydi. vaqtiga oddiy bahona qilib. AGMK bilan uyin qolderiluvdi. usha vaqt. AGMK Qarshiga Kelsa bulardi uziga Navruz buladigan bulsa. 20 mart kuni. keyin. shunchalik qiyinmidi. shu taqvim ozgena uylap Qarshiga kelsa 2 davraga Nasaf safarga uynardi. buldi. edi.