Qit’amiz sportining nigohi yana poytaxtimizga qaratiladi

  • 1 noyabr, 2022, 09:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Toshkent yana bir muhim tadbirni qabul qilishga hozirlanmoqda. 3-7 noyabr kunlari mamlakatimizda markaziy hamda janubiy osiyolik murabbiy va hakamlar uchun xalqaro seminar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqad.

Dzyudo, sport kurashlari, og‘ir atletika, boks va suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirda har ikki hududning 14 mamlakatidan 2 nafardan tajribali murabbiy va hakamlari ishtirok etishadi. 300 nafarga yaqin mutaxassisga xalqaro federatsiyalardan jalb etilgan O‘zbekiston, Kanada, Irlandiya, AQSh, Tailand, Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlardan tajribali ekspertlar saboq berishadi. Nazariy darslardan so‘ng mutaxassislar olgan bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda namoyish etishadi.

Shuningdek, tadbir doirasida Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Fun Run” ommaviy yugurish musobaqasi ham bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. 500 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida tashkil etiladigan ommaviy sport tadbiriga “Yangi O‘zbekiston” bog‘i mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!