Qit’alararo kubok. Ilk pley-off o‘yinida "Al-Ayn" raqibini yanchib tashladi
Biroz avval Qit’alararo kubok turnirining ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi. Amaldagi Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibi BAAning "Al-Ayn" jamoasi dastlabki bosqich o‘yinida Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubini 6:2 hisobida yanchib tashladi.
Osiyo qit’asida tobora katta nomli futbolchiga aylanib borayotgan Sofiyan Raximi mazkur o‘yinda ham ikki bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar