
Qishki transferlar oynasi ramziy jamoasi (Transfermarkt)
Evropada qishki transferlar orasida bir qator yirik transferlar amalga oshdi. Bundan tashqari, o‘z klubida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan ayrim futbolchilar ijarasi asosida boshqa klubga ko‘chib o‘tdi.
Mazkur transferlar ichida legionerimiz Abduqodir Husanov ham bor va u hozircha qishda amalga oshirilgan eng qimmat uchinchi transfer bo‘lib turibdi (Marmush va Kvaratsxeliyadan keyin).
Quyida biz sizga qishki transferlar oynasi ramziy jamoasini taqdim etamiz:
Darvozabon: Kinski, "Slaviya"dan "Tottenxem"ga (16 million evro)
Himoyachilar: Vitor Reys "Palmeyras"dan "Siti"ga (37 million evro), Husanov "Lans"dan "Siti"ga (40 million evro), Agbadu "Reyms"dan "Vulverxempton"ga (20 million evro).
Yarim himoyachilar: Kekere "Lion"dan "Komo"ga (15 million evro), Fofana "An-Nasr"dan "Reyms"ga (20 million evro), Almada "Botafogo"dan "Lion"ga (ijara).
Hujumchilar: Kvaratsxeliya, "Napoli"dan PSJga (70 million evro), Antoni MYudan "Betis"ga (ijara), Kolo-Muani PSJdan "Yuventus"ga (ijara), Marmush "Ayntratx"dan "Siti"ga (70 million evro).
Fikrlar
Олға бос.