
Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiy: O‘zbekiston himoyadaa ham, hujumda ham sifatli o‘ynaydi
Ertaga "JCh-2026" saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu to‘qnashuv oldidan raqiblarimiz bosh murabbiyi Maksim Lisitsin matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Ertaga bizni jiddiy uchrashuv kutib turibdi. Bosim yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ayni vaqtda futbolchilarimizning holati etarli darajada yaxshi. Biz ushbu bahsga etarli darajada tayyorgarlik ko‘rdik. Umuman olganda, ayni vaqtda bizda muammolar yo‘q.
Safar uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizliklar haqida
- Birinchi navbatda aytadigan bo‘lsam, bizga bu borada biroz tajriba etishmayapti. Uyda har doim qulay, safarda esa aksi. Sababi, o‘z maydoningda muxlislar seni ancha yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Bu muammoni bartaraf etishga harakat qilamiz.
O‘zbekistonga qarshi g‘alabasiz seriya haqida
- O‘ylaymanki, yigitlar bu statistika haqida o‘ylamadi ham. Ular ertaga sifatli o‘yin namoyish etishga harakat qiladi.
Qirg‘iz Respublikasi prezidenti ilk davradagi bahsda O‘zbekistonni yutsa, terma a’zolariga mashina sovg‘a qilishi haqidagi mish-mishlar haqida
- Bunaqa gap bo‘lmagan. Bizning o‘zimizda etarlicha motivatsiya bor edi. Bizni federatsiyamiz yaxshi qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq bu haqida eshitmaganman ham.
Fikrlar